Год выпуска: 2015 Страна: Узбекистан Режиссер: Жавлон Шодмонов В ролях: Мухаммадисо Абдулхаиров, Шукрулло Исроилов Жанр: Узбекские фильмы 2015 Качество: HDRip Перевод: Оригинал (Узбекски) Продолжительность: 90 мин. «Yana boshlandi»… Instagram tarmog’i orqali hamma yulduzlar «Yana boshlandi» deb yozilgan Muhammadiso Abdulhayirov hamda Shukrullo Isroilovlarning rasmi tushurilgan tablo bilan tushgan fotosuratlarini o’z profillaridan chop etishdi. Xo’sh, bu nima edi? Mana shu savol ko’pchilikni qiziqtirayotgan edi. Bugun shu savolingizga javob topishingiz mumkin. Bu Javlon Shodmonovning yangi filmining reklamasi edi. Qiziqarli filmga, qiziqarli uslubdagi reklama yo’li bilan yondoshildi. Natijasi esa chakki emas. Muhimi reklamaning natijasida emas, film ekran yuzini ko’rgach tomoshabinlarni qanday qarshilashlarini natijasida! Har qanday kuchli reklama bo’lmasin, agar film zo’r chiqmasa, hech qanday foydasi yo’q. Biroq, Javlon Shodmonovning shu kunga qadar suratga olgan filmlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, deyarli barchasi o’zini oqlaganligini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. Javlonning har bir kinokartinasi yaxshi qarshi olinadi. Qiziqarli va juda ham kulguli sahnalarga boy bo’lgan kinokartinalar aynan Javlon Shodmonov filmlarida kuzatiladi. Anchadan buyon kinoteatrlarda haqiqiy komediya namoyish etilmayotgan edi. O’ylaymizki, Javlon Shodmonovning «Yana boshlandi» filmi komediya janridagi filmlarni yana boshlanishiga turtki bo’ladi oladi. Bugun biz sizlarga «Yana boshlandi» kinokomediyasini treylerini va afishasini etiboringizga tortiq etamiz. Film 28-sentyabrdan katta ekranlarga chiqadi! Yana boshlandi uz kino 2015.
|